Asosiy mazmunga o‘tish
Apteka 360

O‘zbekistondagi dorixona tarmoqlari uchun

Dorixona tarmog‘ingiz — kassadan kameragacha bitta panelda

Apteka 360 kassa yopilishini FOM bilan solishtiradi, xarajat va oylikni formulalar bilan hisoblaydi, filiallardagi kameralarni AI orqali kuzatadi. Siz esa hammasini web panel, Windows, Android yoki Telegram’da ko‘rasiz.

  • Web panel
  • Windows ilova
  • Android ilova
  • Telegram bot va Mini App
app.apteka360.uz · Bosh sahifa
Xayrli kun!
So‘nggi 30 kun
4 / 4
Tushum
1 284mln so‘m
+8,2%
Sof foyda
212,6mln so‘m
+4,1%
Kassadagi pul
127,4mln so‘m
+1,3%
Oylik fondi
83,2mln so‘m
0%
Filiallar bugun
FilialTushumHolat
Chilonzor18,4Yopildi
Yunusobod15,9Tasdiqda
Sergeli11,2Yopildi
Olmazor9,7Ochiq

Muammo → yechim

Tarmoq kattalashgani sari nazorat qiyinlashadi

Har bir filial alohida Excel, alohida chat va alohida kamera ilovasi bilan yashasa, egasi muammoni kech bilib qoladi.

Hozir

Kassa kamomadi kech bilinadi: kun yakunidagi summa FOM hisobotiga qo‘lda solishtiriladi.

Apteka 360 bilan

Kassir kassani yopadi — tizim FOM bilan solishtiradi, farq bo‘lsa yopilish tasdiqqa tushadi.

Hozir

Oylik jadvalda hisoblanadi: davomat, jarima va avanslar alohida yig‘iladi.

Apteka 360 bilan

Grafik, davomat, jarima va avans bir joyda; oylik shablon va formula bo‘yicha qayta hisoblanadi.

Hozir

Filialda nima bo‘layotganini bilish uchun kameralarni soatlab ko‘rish kerak.

Apteka 360 bilan

Edge server kameralarni tahlil qiladi: postda yo‘qlik, telefon, uzun navbat — kadrlari bilan hodisa sifatida keladi.

Hozir

Firmalarga to‘lov muddatlari va dori sroklari esdan chiqib, pul yo‘qotiladi.

Apteka 360 bilan

To‘lov kalendari, firmalar qarzi va muddati yaqin dorilar ro‘yxati — bildirishnoma bilan.

Imkoniyatlar

Dorixona tarmog‘i uchun kerakli hamma narsa

Web paneldagi 36 bo‘lim desktop va Android ilovalarda ham native ishlaydi — hech biri boshqa joyga yo‘naltirmaydi.

Moliya va kassa

Kassa yopilishi FOM ma’lumotlari bilan solishtiriladi, farqlar tasdiqqa yuboriladi.

  • Kassa yopilishi va FOM bilan solishtirish
  • Xarajatlar, foyda va zarar (P&L)
  • Pul oqimi, prognoz va soliq
  • Hisobotlar PDF va XLSX formatida

Firmalar, to‘lovlar va sroklar

Ta’minotchilarga qarz va to‘lovlarni kalendar bo‘yicha boshqaring.

  • Firmalar va ularga to‘lovlar
  • To‘lov kalendari
  • Muddati yaqin dorilar va hisobdan chiqarish
  • Vrachlar bilan kelishuvlar va ROI

HR va oylik

Xodimlar, ish grafiklari, davomat va oylik bitta zanjirda.

  • Xodimlar kartasi va ro‘yxatdan import
  • Ish grafigi va smena almashish
  • Davomat, jarima va e’tirozlar
  • Oylik shablon va formulalar, avans, ta’til

AI video nazorat

Filialdagi Edge server kameralarni tahlil qilib, faqat muhim hodisalarni yuboradi.

  • Postda yo‘qlik, telefon ishlatish, o‘tirish
  • Kassadagi navbat uzunligi
  • Har hodisa 2 ta kadr bilan — operator tasdiqlaydi
  • OpenAI bilan qo‘shimcha tekshiruv, kam token sarfi

Jonli kameralar va ovoz

Barcha filiallar kameralari bitta video devorda.

  • Video devor va jonli filial ekrani
  • Kameradan ovozni eshitish
  • Bosib turib kameraga gapirish
  • Maxfiy kameralar va har bir ko‘rish auditda

Telegram bot va Mini App

Tasdiqlar va bildirishnomalar telefoningizdagi Telegram’ga keladi.

  • Kirish kodi Telegram orqali
  • Bir bosishda tasdiqlash yoki sabab bilan rad etish
  • Bildirishnomalar va qisqa hisobot
  • Mini App: Telegram ichida tasdiqlar paneli

Windows va Android ilovalar

Filial kompyuteri va telefon uchun native ilovalar — ma’lumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri API’dan.

  • Windows: tray, Windows bilan ishga tushish, oflayn navbat
  • Android: Material 3, planshet rejimi
  • Kameralar, video devor va gapirish ilovada ham
  • Menyu rolga qarab o‘zgaradi

Rollar va audit

Har kim faqat o‘ziga kerakli bo‘limni ko‘radi, har amal jurnalga yoziladi.

  • Egasi, Super admin, Moliya, Filial mudiri
  • HR, Operator, Auditor, Xodim
  • Rol ruxsatlarini Egasi o‘zi sozlaydi
  • Audit: kim, qachon, qaysi qurilmadan

Qanday ishlaydi

Filialdan telefoningizgacha — uch qadam

Video filialdan chiqmaydi: tahlil joyida bajariladi, bulutga faqat hodisa va kadrlar boradi.

  1. 01

    Filialda Edge server

    Kichik server filial kameralarini (RTSP/ONVIF) ulaydi, videoni joyida tahlil qiladi va kassadagi FOM ma’lumotlarini sinxronlaydi.

    KameralarAI tahlilFOM
  2. 02

    Apteka 360 bulut

    API hodisalarni qabul qiladi, AI bilan qayta tekshiradi, rollar va audit qoidalarini qo‘llaydi.

    APIAI tekshiruvAudit
  3. 03

    Panel va ilovalar

    Egasi, moliya, mudir va operator natijani web panel, Windows, Android yoki Telegram’da ko‘radi.

    WebWindowsAndroidTelegram

Interfeys

Bir qarashda butun tarmoq

Panel yorug‘ va qorong‘i mavzuda, o‘zbek va rus tillarida ishlaydi.

app.apteka360.uz · Bosh sahifa
Xayrli kun!
So‘nggi 30 kun
4 / 4
Tushum
1 284mln so‘m
+8,2%
Sof foyda
212,6mln so‘m
+4,1%
Kassadagi pul
127,4mln so‘m
+1,3%
Oylik fondi
83,2mln so‘m
0%
Filiallar bugun
FilialTushumHolat
Chilonzor18,4Yopildi
Yunusobod15,9Tasdiqda
Sergeli11,2Yopildi
Olmazor9,7Ochiq

Interfeys namunasi. Ma’lumotlar shartli.

Xavfsizlik

Ma’lumotlaringiz himoyalangan

Moliya va video — eng nozik ma’lumot. Shuning uchun himoya har qatlamda.

Uch bosqichli kirish

Parol, Telegram’ga keladigan kod va yangi qurilmani tasdiqlash. Begona qurilmani bir bosishda bloklaysiz.

Ruxsatlar serverda

Rol ko‘ra olmaydigan ma’lumot API’dan ham berilmaydi. Auditor hech narsani o‘zgartira olmaydi.

To‘liq audit jurnali

Har bir amal, oylik yoki video ko‘rilgani ham — kim, qachon va qaysi qurilmadan.

Kameralar himoyasi

Video havolalari 5 daqiqa amal qiladi, kamera parollari qaytarilmaydi, maxfiy zonalarda faqat poza tahlili.

Qisqa sessiyalar

Kirish tokeni 15 daqiqa yashaydi, yangilash tokeni har safar almashadi, urinishlar soni cheklangan.

Video filialda qoladi

AI tahlil Edge serverda bajariladi — bulutga butun video emas, faqat hodisa kadrlari boradi.

Narx

Narx filiallar soniga qarab

Har bir tarmoq har xil: filiallar soni, kameralar va kerakli modullar. Shuning uchun narxni sizga moslab hisoblaymiz.

Apteka 360

Filial soniga qarab — narxni so‘rang

Tarkibida

  • Web panel, Windows va Android ilovalar
  • Moliya, kassa va FOM bilan solishtirish
  • HR, davomat va oylik
  • Firmalar, to‘lovlar va sroklar
  • Telegram bot va Mini App
  • Rollar va audit jurnali

Modullar

  • Kameralar va video devor
  • AI video nazorat
  • AI tekshiruv (OpenAI)

Modullar Tizim → Modullar bo‘limida yoqiladi — faqat kerakligini ishlatasiz.

Narxni so‘rash

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

FOM bilan ishlaydimi?

Ha. Filialdagi FOM sinxronlash agenti tushum va kassa ma’lumotlarini yuboradi, kassa yopilishi shu ma’lumot bilan solishtiriladi.

Bizdagi kameralar mos keladimi?

RTSP yoki ONVIF qo‘llaydigan IP kameralar Edge server orqali ulanadi. Ovozli muloqot (eshitish va gapirish) ikki tomonlama audio’li Hikvision kameralarda ishlaydi.

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

Windows ilova buyruqlarni oflayn navbatga yozadi va aloqa tiklanganda qayta yuboradi. Edge server aloqasi yo‘qolsa, panelda filial «Edge oflayn» deb ko‘rinadi.

Xodimlar nimani ko‘radi?

Faqat rolga ruxsat etilganini. Masalan, xodim o‘z grafigi, jarima va so‘rovlarini ko‘radi; filial mudiri — o‘z filialini; Auditor — hammasini, lekin faqat o‘qish uchun.

AI kameralarni o‘zi baholaydimi?

AI hodisani aniqlaydi va kadrlar bilan tavsiya beradi, yakuniy qarorni operator yoki mudir qabul qiladi. AI tekshiruvi kam token sarflaydigan qilib sozlangan.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Brauzerdagi web panel, Windows uchun desktop ilova, Android ilova (telefon va planshet) hamda Telegram bot va Mini App.

Qaysi tillarda?

Panel o‘zbek (lotin) va rus tillarida.

Narxi qancha?

Narx filiallar soni va yoqiladigan modullarga bog‘liq. Demo so‘rovi qoldiring — hisoblab beramiz.

Demo

Demo so‘rang — panelni jonli ko‘rsatamiz

Raqamingizni qoldiring, siz bilan bog‘lanib, tarmog‘ingizga mos ishlashni ko‘rsatamiz.

  • Sizning jarayonlaringiz bo‘yicha ko‘rsatamiz
  • Narxni filiallar soniga qarab hisoblaymiz
  • Kameralar va FOM ulanishini tushuntiramiz

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.